ChQBT xonalari yangilandi

Date:

Har qanday bilim amaliyot bilan uyg‘unlashgandagina mustahkam ko‘nikmaga aylanadi. Ayniqsa, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv jihozlaridan foydalanish o‘quvchilarning bilimini mustahkamlab, ularda mas’uliyat, intizom va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.

Shu maqsadda Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarining ChQBT xonalari mahalliy budjet hisobidan ajratilgan 120 million so‘m evaziga zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi. Maktablarga nishon, kompas, avtomat va pichoq maketlari, mina ko‘rsatkich, maxsus belkurak, bayroq komplekti hamda boshqa zarur o‘quv vositalari yetkazib berildi.

Mazkur jihozlar darslarni yanada samarali va qiziqarli tashkil etish, o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini oshirish hamda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun