Sietlda “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi

Date:

AQSHning Vashington shtati, Sietl shahrida yashovchi vatandoshlar “O‘zbek mahallasi” jamoat birlashmasiga asos soldi. Rasman ro‘yxatdan o‘tgan ushbu tashabbusning asosiy maqsadi xorijdagi o‘zbeklarni birlashtirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodning ona tili, tarixi va madaniyatiga bo‘lgan mehrini mustahkamlashdir.

Bugungi kunda Vashington shtatida 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari va kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan insonlar istiqomat qiladi. Ularning aksariyati Microsoft, Amazon, Google, Boeing, Oracle va NVIDIA kabi yirik kompaniyalarda axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, muhandislik, ta’lim va tibbiyot sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Yangi tashkil etilgan “O‘zbek mahallasi” vatandoshlarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, yangi kelganlarga moslashishda yordam berish, milliy bayram va madaniy tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, ta’lim va xayriya loyihalarini rivojlantirish orqali xorijdagi o‘zbeklar hamjamiyatini yanada jipslashtirishni maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun