“Yashil chiroq” tanlovining viloyat bosqichi start oldi

Date:

Yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish bugungi kunda yoshlar tarbiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini erta yoshdan singdirish kelajakda ko‘plab baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida o‘quvchilarning bilim, chaqqonlik va jamoaviy hamkorligini sinovdan o‘tkazuvchi “Yashil chiroq” tanlovining viloyat bosqichi boshlandi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan maktab jamoalari ishtirok etmoqda.

Tanlov yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini oshirish, xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda iqtidorli jamoalarni aniqlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun