Oshxona jihozlari topshirildi

Date:

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash ularning jismoniy rivojlanishi va barkamol o‘sishida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ushbu sohada zamonaviy infratuzilmani yaratish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qarori ijrosi doirasida Sherobod tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga zamonaviy oshxona jihozlari topshirildi. “Lazzatli Halol Oshxona” MChJ tomonidan 2026-yil uchun 500 million so‘mdan ortiq investitsiya yo‘naltirilib, 42 ta bog‘chaga sovutgich, muzlatkich, go‘sht maydalagich, oshxona ish stollari va boshqa jihozlar yetkazib berildi.

Mazkur tashabbus bolalar ovqatlanish tizimini yaxshilash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda tarbiyalanuvchilarga sifatli va sog‘lom taomlar yetkazib berishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun