Fuqarolar murojaatlari – doimiy e’tibor markazida

Date:

Aholini qiynayotgan muammolarni tinglash, ularga qonuniy va amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida 14 nafar fuqaroning 17 ta turli masala yuzasidan murojaati eshitildi. Ularda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, kommunal xizmatlar, yer munosabatlari va boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid masalalar ko‘tarildi.

Murojaatlarning 6 tasi qabul jarayonining o‘zidayoq ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muayyan muddat hamda tegishli resurslarni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Har bir murojaatning ijrosi uchun muddatlar belgilab, ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor va samarali yechim topish borasida bu kabi shaxsiy qabullar muntazam ravishda davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun