16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

Date:

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun bilan cheklash taklifi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur masala yuzasidan parlament deputatlari va senatorlari bilan dastlabki muhokamalar o‘tkazilgan. Yaqin kunlarda qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Vazirning ta’kidlashicha, maqsad bolalarni telefondan butunlay mahrum qilish emas, balki ularning internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz, mas’uliyatli hamda me’yor asosida foydalanishini ta’minlashdir.

Mazkur tashabbus raqamli xavfsizlikni kuchaytirish, yoshlarni zararli kontent va kiberxatarlardan himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun