Ayrim avtomobillarga gaz quyish taqiqlanadi

Date:

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab gaz ballonlari bo‘yicha hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki ballonining amal qilish muddati tugagan transport vositalariga gaz quyish cheklanadi.

Yangi tartibga ko‘ra, barcha gaz quyish va yonilg‘i shoxobchalarida “U-Gas” tizimi hamda “aqlli” nazorat kameralari ishga tushiriladi. Ular avtomobillarni yagona elektron baza orqali avtomatik tekshiradi.

Agar transport vositasi xavfsizlik talablariga javob bermasa yoki maxsus nazorat ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, tizim gaz quyish jarayonini avtomatik ravishda to‘xtatadi. Ushbu yangilik transport vositalaridan foydalanish xavfsizligini oshirish, texnik nosozliklar va favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun