Yoshlar va rahbarlar ochiq muloqotda uchrashdi

Date:

Yoshlarning muammo va takliflarini eshitish, ularning kasbiy hamda ijtimoiy faolligini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Unda harbiy prokuratura, ichki ishlar organlari, Yoshlar ishlari agentligi, bandlik bo‘limi va sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari, shuningdek, Milliy gvardiya safida xizmat qilish istagidagi hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi, bandlik, harbiy xizmat, huquqiy bilim va sog‘lom turmush tarzi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning muammolariga yechim topish hamda kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun