Yangi energetika loyihalari muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Daqing Deep Aureus International Energy Development Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan geologiya va energetika sohalaridagi istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda eski gaz konlarini modernizatsiya qilish, qazib olish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar geologik qidiruv va sanoat loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdi. Mazkur tashabbuslar hududning energetik salohiyatini oshirish, yangi investitsiyalarni jalb etish va sanoat rivojiga qo‘shimcha turtki berishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun