Tibbiy istisno — endi onlayn rasmiylashtiriladi

Date:

Xavfsizlik kamarini taqishga tibbiy jihatdan qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lgan fuqarolar endilikda tegishli ma’lumotnomani my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda olish imkoniga ega bo‘ldi. Yangi tartib ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirib, xizmatdan foydalanishni sezilarli darajada soddalashtiradi.

Buning uchun fuqaro avval tibbiyot muassasasida shifokor ko‘rigidan o‘tadi va tibbiy xulosa elektron bazaga kiritiladi. Shundan so‘ng ma’lumotnoma tizimda avtomatik shakllanib, foydalanuvchiga elektron ko‘rinishda taqdim etiladi.

Ta’kidlanishicha, xizmat bepul bo‘lib, qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

Mazkur yangilik raqamli davlat xizmatlarini kengaytirish, fuqarolar uchun qulaylik yaratish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini inson salomatligi holatini hisobga olgan holda yanada moslashuvchan qilishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun