Xavf-xatarlar xaritasi joriy etiladi

Date:

Hukumatning 1155-son (22.06.2026 y.) qaroriga muvofiq “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek hududlar va sohalar kesimida korrupsiya darajasini aniqlash hamda uni kamaytirishga qaratilgan “korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi” shakllantiriladi.

Mazkur xarita korrupsiyaga oid jinoyatchilik statistikasi, huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili, aholining korrupsiyaga munosabati, korrupsiyaga qarshi siyosat samaradorligi hamda tegishli organlar va tashkilotlar ma’lumotlari asosida ishlab chiqiladi. Uning yuritilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga yuklatiladi.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik natijasida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish sud tartibida, vakolatli organ yoki manfaatdor shaxs arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Yangi tartibda muhim ijtimoiy kafolat ham belgilangan: o‘zi ishlayotgan davlat organida korrupsiyaga oid jinoyat haqida asosli xabar bergan shaxsga nisbatan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabardor qilinmasdan ikki yil davomida intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu yangiliklar korrupsiyaning oldini olishda tizimli yondashuvni kuchaytirib, davlat boshqaruvida shaffoflik va jamoatchilik ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun