Mehnatdan baraka topib…

Date:

Sho‘rchi tumani Ko‘klam mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy Qahhor Norqulov yillar davomida mehnatni hayotining mazmuniga aylantirgan insonlardan.

Mehnatda suyagi qotgan otaxon bugun ham tomorqachilik va chorvachilik bilan samarali shug‘ullanib, oilasi farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Har bir qarich yerdan unumli foydalanish, mehnat orqali rizq topish va halol daromad qilish — Qahhor ota hayotining asosiy tamoyili. Tomorqasida yetishtirilayotgan mahsulotlar, parvarish qilinayotgan chorva nafaqat oila ehtiyojini ta’minlamoqda, balki mehnatga bo‘lgan munosabatning yorqin namunasiga aylangan.

Nuroniyning fidokorona mehnati mahalladagi yoshlar uchun ham katta maktab bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki haqiqiy baraka — yerga mehr, mehnatga sadoqat va sabr bilan keladi.

Qahhor ota Norqulov kabi mehnatkash insonlar bor ekan, mahallalarimizda fayz-farovonlik va ezgulik muhiti yanada mustahkamlanib boradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun