Ism — taqdirmi yoki moda?

Date:

Har birimiz farzandimizga ism tanlashda bir olam orzu va niyatlarni niyat qilamiz. Kimdir bobosi yoki buvisining ismini qo‘ysa, kimdir eng so‘nggi urfga ergashadi. Xo‘sh, bugungi kunda o‘zbek xonadonlarida ism tanlash madaniyati qanday kechmoqda?

“Muhammad” — xalqimizning sevimli tanlovi Statistikaga qarasak, o‘zbek xonadonlarida o‘g‘il bolalar uchun “Muhammad” ismi (va uning tarkibiy shakllari: Muhammadali, Muhammadyusuf, Muhammadamin) yillar davomida yetakchi bo‘lib kelmoqda. Har o‘ninchi chaqaloqqa aynan shu muborak ism berilayotgani — bu shunchaki moda emas. Bu — ota-onalarning farzandi Muhammad alayhissalomdek go‘zal xulqli, halol va maqtovga loyiq inson bo‘lib yetishishini chin dildan istashidir. Bu ism zamonlar o‘tsa ham o‘zining ma’naviy qadrini yo‘qotmagan.

“Yashasin O‘zbekiston” – hayratli tanlov So‘nggi paytlarda quloqqa chalinayotgan bir xabar ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ydi: bir oila farzandiga

“Yashasin O‘zbekiston” deb ism qo‘yibdi. Bu, albatta, odamlarda har xil fikr uyg‘otdi. Kimdir buni vatanga bo‘lgan cheksiz mehr deb atasa, kimdir “bola kelajakda hujjat to‘ldirishda yoki odamlar orasida qiynalmaydimi?” deya xavotir bildirdi.

Ota-ona o‘z farzandiga shu nom bilan vatanparvarlik ruhini singdirmoqchi bo‘lgan, ammo har bir ism ham insonning kelajakdagi hayotiga mos kelishi, ham quloqqa yoqimli, ham yozishga oson bo‘lishi muhimligini unutmaslik kerak.

Ism qanday bo‘lishi kerak?

Farzandga ism qo‘yishda bobo-bobolarimizdan qolgan oddiy haqiqatlarni yodda tutganimiz ma’qul: Ma’nosi go‘zal bo‘lsin. Chunki ism — bu insonga aytilgan ilk duo. Aytilishi oson bo‘lsin. Ism qancha sodda va jarangdor bo‘lsa, bola maktabda ham, kelgusida ish joyida ham o‘zini erkin his qiladi.

Moda o‘tadi, ism qoladi. Baqiroq yoki g‘alati nomlarga ko‘r-ko‘rona ergashgandan ko‘ra, vaqt sinovidan o‘tgan, ma’naviy vazni bor ismlarni tanlash har doim yutadi.

Ism – bu ota-onaning farzandiga bergan ilk sovg‘asi va umrlik hamrohi. “Muhammad” kabi abadiy ismlar qadriyatlarimizni saqlab tursa, yangicha va g‘ayrioddiy ismlar zamonamizdagi izlanishlarimizni ko‘rsatadi.

Muhimi, bola qanday ism bilan atalmasin, u o‘zining odobi, bilimi va mehnati bilan shu nomni sharaflay olsin. Zero, insonni ismi emas, inson o‘zining ezgu ishlari bilan ismini bezaydi!

Nilufar Xonimqulova,

TerDU talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun