“Jasorat maktabi” —zamonaviy maskan

Date:

Mamlakatimizda yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xususan, Sariosiyo tumanidagi 10-sonli “Jasorat maktabi” yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni chaqiruvga qadar puxta tayyorlash hamda kelajakda Vatan himoyachilari safini munosib kadrlar bilan to‘ldirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim maskaniga aylantirildi. Ta’lim muassasasida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali olib borishga xizmat qiladigan zamonaviy o‘quv xonalari, sport inshootlari va harbiy-amaliy tayyorgarlik maydonlari barpo etildi.
10-sonli maktab negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar va mehmonlar uchun ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy dasturlar namoyish etildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar tashkil qilinib, zamonaviy Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishning sharafli va mas’uliyatli jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tajribali harbiylar, ustozlar va mutaxassislar ishtirokida “ustoz-shogird” tamoyili asosida mahorat darslari o‘tkazilib, yoshlarning harbiy kasbga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiluvchi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun