Surxondaryo viloyatidagi tarixiy-madaniy meros obyektlarini asrash va kelajak avlodlarga asl holida yetkazish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Xususan, Termiz shahridagi Sulton-Saodat majmuasida rejalashtirilayotgan restavratsiya ishlari yuzasidan Madaniy meros agentligi, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda soha mutaxassislari ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi. Unda yodgorlikning tarixiy-me’moriy qiyofasini saqlash, restavratsiyani ilmiy asosda amalga oshirish va majmuaning uzoq muddatli muhofazasini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Ayni paytda Sulton-Saodat majmuasini restavratsiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. X–XVII asrlarda shakllangan ushbu noyob tarixiy-me’moriy majmua nafaqat yurtimizning bebaho madaniy merosi, balki Termiz sayyidlari sulolasining ko‘p asrlik tarixini o‘zida mujassam etgan muhim ziyoratgoh hisoblanadi.

