Tafakkur va taraqqiyot sari muhim qadam

Date:

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa orqali ularning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Kitob sovg‘a” aksiyasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Termiz shahar hokimi o‘rinbosari Ashurov Kamol Musurmonqulovich hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Karimov Yoqub yoshlar bilan uchrashib, o‘zlari mutolaa qilgan va hayotiy tajribalarida muhim o‘rin tutgan kitoblarni sovg‘a qildilar.

Uchrashuv davomida kitoblarning mazmuni, ularning inson kamoloti va muvaffaqiyatga erishishdagi o‘rni haqida samimiy fikr almashildi. Bunday tashabbuslar yoshlar orasida mutolaa madaniyatini mustahkamlash, kitobga mehr uyg‘otish hamda bilimli avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘g‘irchoq teatri gastrol safarida

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol...

Talabalar tantanali kutib olindi

Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan...

Chorva soni 1 ming boshdan oshdi

Muzrabot tumanining Fidokor mahallasida tadbirkor Zokir Suvonov tashabbusi bilan...

Ilk qadamdan katta marralar sari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili “Bir...
KunTun
KunTun