Xotira va jasoratga ehtirom

Date:

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu sana nafaqat o‘tmish qahramonlarini yod etish, balki yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Termiz shahri, Muzrabot va Boysun tumanlarida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar “Ajdodlar izidan” jamiyati tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etildi. Unda harbiylar, mutasaddi tashkilotlar vakillari, o‘quvchi-yoshlar hamda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirlar 2000–2001 yillardagi Sariosiyo voqealarida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan serjant Muhiddin Eshtemirov, katta leytenant Chori Rajabov va serjant Mashrab Jo‘rayev ta’lim olgan maktablarda o‘tkazildi. Ishtirokchilar ular xotirasiga ehtirom bajo keltirib, byust haykallari poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Shuningdek, xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarga bag‘ishlangan “Millat fidoyilari” kitob-albomi taqdim etildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar qahramonlar jasorati hech qachon unutilmasligi, ularning ibratli hayot yo‘li yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Badiiy qismda harbiy orkestr ijrosida Vatanga sadoqat ruhini ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, faxriy qorovul chiqishlari namoyish etildi. Marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga hamdardlik bildirilib, ularning farzandlari jasorati yuksak e’tirof etildi.

Tadbir yakunida “Millat fidoyilari” kitob-albomi maktab kutubxonalariga topshirildi.

Umuman olganda, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xalqimizning tarixiy xotirasini mustahkamlash, qahramonlar jasoratini ulug‘lash va yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun