Uchrashuvdan ilhomlandi

Date:

Termiz davlat universitetida “O‘zbekistonlik” loyihasining 1-epizodi qahramoni, xalqaro miqyosda tan olingan vatandoshimiz — texnika fanlari doktori Asqarali Karimov bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrant va doktorantlar faol ishtirok etdi.

Asqarali Karimov hozirda AQShdagi “KPA Engineers” kompaniyasida texnik suv xo‘jaliklari direktori sifatida faoliyat yuritadi. U Amerika va bir qator xalqaro muhandislik jamiyatlarining a’zosi bo‘lib, suv xo‘jaligi, gidrologik modellashtirish va ekologik muhandislik yo‘nalishlarida katta tajribaga ega. Shuningdek, u bir nechta davlatlarda amalga oshirilgan yirik loyihalarda ishtirok etgan hamda Texas A&M universitetida talabalarga dars bergan.

Uchrashuv davomida mehmon o‘zining hayot yo‘li, ilmiy izlanishlari va muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li haqida samimiy fikrlar bildirdi. Talabalar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xalqaro tajriba va ilmiy faoliyat bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ilm-fan, muhandislik va xalqaro tajriba almashinuvi muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi. Bunday uchrashuvlar yosh mutaxassislarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni ilmiy izlanish va kasbiy rivojlanishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun