Jarqo‘tonda xalqaro ekspeditsiya

Date:

Miloddan avvalgi II ming yillikka borib taqaluvchi Oks sivilizatsiyasining muhim qismi hisoblangan Sopolli madaniyati bugungi kunda yana ilmiy jamoatchilik e’tibor markaziga qaytdi. Surxondaryo viloyatidagi noyob Jarqo‘ton yodgorligida O‘zbekiston–Italiya qo‘shma xalqaro ekspeditsiyasi tomonidan keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

Mazkur ekspeditsiya qadimgi sivilizatsiyani har tomonlama o‘rganishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot jarayonlariga antropologlar, arxeobotaniklar, zooarxeologlar va topograflar jalb etilib, tarixiy qatlamlar ilmiy asosda chuqur tahlil qilinmoqda. Bu esa Sopolli madaniyatining turmush tarzi, xo‘jaligi va ijtimoiy tuzilmasini yanada aniqroq yoritishga xizmat qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bunday xalqaro hamkorlikdagi izlanishlar nafaqat tarixiy merosni tiklash, balki uni dunyo ilm-fani doirasida keng targ‘ib etish imkonini ham beradi. Ekspeditsiya ishlari 10-maygacha davom etishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun