Finalga kim chiqadi?

Date:

Yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularning iste’dodi va jamoaviylik ko‘nikmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hududlarda turli musobaqalar muntazam o‘tkazilmoqda. Bunday bellashuvlar o‘quvchilarning bilim va salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Termiz shahridagi Ayritom xalqaro savdo markazida o‘tkazilgan musobaqada viloyatdagi mingga yaqin maktablar ichidan saralangan 45 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida Termiz tumani 1-maktab jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Qumqo‘rg‘on tumani 82-maktab jamoasi 2-o‘rinni, Muzrabot tumani 14-maktab jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar 3-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish va yuksak natijalarga erishishga undashda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun