Bunyodkorlik ishlari jadallashmoqda

Date:

Muzrabot tumani, “Yangi diyor” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida 30 ta zamonaviy ko‘p qavatli uy-joy barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ulardan 2 tasida qurilish ishlari faol davom etmoqda.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov hududga tashrif buyurib, qurilish jarayonini o‘rgandi. U ishlar sifati va muddatlarga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Mazkur loyiha aholining turmush sharoitini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda hududning obod va qulay maskanga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nazorat kuchaytirildi

Qurilish sohasida tartib-intizom va qonuniylikni ta’minlash yoshlar uchun xavfsiz...

Nozima chempion bo‘ldi

Sport bilan shug‘ullanish yoshlar salomatligini mustahkamlash bilan birga, ularda...

Xo‘jayipok ziyoratgohi yangilanadi

Ziyoratgoh va tarixiy maskanlarni obodonlashtirish yoshlar uchun ma’naviy tarbiya...

Hamkorlik samarali kechmoqda

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoshlar uchun yangi...
KunTun
KunTun