“Yangi shahar”da yangi stadion

Date:

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar asosida “Yangi shahar” mahallasidagi stadionni tubdan yangilash ishlari boshlab yuborildi.

Ayni paytda sport inshootida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Loyihaga muvofiq, asosiy o‘yin maydoni qoplamasi yangilanadi, zamonaviy yugurish yo‘laklari barpo etiladi hamda mini stadion, basketbol, voleybol, tennis va badminton maydonchalari quriladi. Shuningdek, eski tribuna o‘rnida yangi, qulay va zamonaviy tribuna qad rostlaydi, yoritish tizimi esa energiya tejamkor chiroqlar bilan to‘liq yangilanadi.

Bundan tashqari, stadion hududini obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish va kirish-chiqish qismlarini yanada qulay va xavfsiz qilish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bolalar sport majmuasi zalini ta’mirlash ham rejalashtirilgan bo‘lib, bu yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Mazkur yangilanishlar nafaqat sport infratuzilmasini rivojlantiradi, balki yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, aholi uchun zamonaviy va qulay sport muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa kelajak chempionlari yetishib chiqishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun