Sutni qayta ishlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Date:

Muzrabot tumanining eng olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan Chegarachi mahallasida aholi bandligini ta’minlash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan muhim loyiha amalga oshirildi.

“Sutlar dunyosi” MCHJ tomonidan sut mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ayni paytda 5 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Korxona mahalliy aholidan sut xarid qilib, uni qayta ishlash orqali tayyor mahsulotga aylantirmoqda. Bu esa fuqarolar uchun qo‘shimcha daromad manbai yaratmoqda.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishni belgiladi. Jumladan, qo‘shimcha bino ajratish, transformator o‘rnatish va 3 fazali elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi.

Natijada mahsulot turlari 12 taga yetkazilib, 7 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Eng muhimi, ushbu loyiha orqali olis hududda kichik sanoat rivojlanib, aholining turmush darajasi va daromadi oshishiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun