Muzrabotning “Stela”si qurilmoqda

Date:

Muzrabot tumanining kirish qismida barpo etilayotgan “Stela” monumenti qurilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur Stela nafaqat tuman timsoli, balki hududning yangilanishi, taraqqiyot sari intilishi va zamonaviy qiyofasini ifodalovchi muhim ramziy obyekt sifatida shakllanmoqda.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov qurilish ishlarini o‘rganib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda “Stela”ning har bir detali, uning me’moriy yechimi, bezak elementlari sifati alohida ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, obodonlashtirish ishlari, hududning atrof-muhit dizayni, yashil maydonlar va tungi yoritish tizimlarini uyg‘un holda tashkil etish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.

Mazkur “Stela” loyihasi yakuniga yetgach, u tumanga kirib kelayotgan har bir mehmon uchun zamonaviy, o‘ziga xos va iliq taassurot qoldiruvchi ramziy darvoza vazifasini bajaradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun