Jarayon nazorat ostida

Date:

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib borilayotgan qo‘shimcha o‘quv binolari qurilishi jarayonlarini o‘rgandi.

Dastlab, 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida qo‘shimcha bino qurilishining boshlanish ishlari hamda loyihasi bilan tanishib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida investisiya dasturi asosida rejalashtirilgan o‘quv binosi loyihasi ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, Chinobod mahallasida joylashgan 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 480 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishining borishi nazorat qilindi. Qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun