Jahon e’tirofidagi tarixiy yutuq

Date:

O‘zbekistonda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yana bir ulkan yutuqqa erishdi — u Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida kiritildi. Bu nafaqat me’moriy va ilmiy loyiha muvaffaqiyati, balki xalqimizning boy tarixi va bebaho madaniy merosining xalqaro miqyosda tan olinganining yorqin ifodasidir.

Mazkur markaz islom tamaddunining ming yillik taraqqiyot yo‘lini, buyuk allomalarimizning ilm-fanga qo‘shgan hissasini va yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ siymolar merosini zamonaviy yondashuvlar asosida namoyish etadi. Bu yerda qadimiy qo‘lyozmalar, noyob eksponatlar va interaktiv ko‘rgazmalar orqali tashrif buyuruvchilar boy tarix bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Eng muhimi, ushbu e’tirof O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu yutuq yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglashni kuchaytirish hamda turizm salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shubhasiz, Islom sivilizatsiyasi markazining Ginnes rekordiga kiritilishi — bu faqat rekord emas, balki butun bir millat tarixiga berilgan yuksak bahodir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun