Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Date:

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ushbu masjid ikki xalq o‘rtasidagi samimiy do‘stlik va hamjihatlikning yorqin ifodasiga aylandi.

Masjid nomi o‘zbek xalqining Turkiya uchun og‘ir damlarda ko‘rsatgan beg‘araz yordami va qo‘llab-quvvatlashi sharafiga berilgan. Zamonaviy me’moriy yechimlar asosida qurilgan ibodat maskani bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha kishini sig‘dira oladi.

Yangi masjid nafaqat diniy ehtiyojlarni qondirish, balki mahalliy aholi uchun ma’naviy va ijtimoiy markaz vazifasini ham bajaradi. Ushbu loyiha O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar hamda gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun