“Turon” iste’dodlarni kashf etdi

Date:

Viloyatda o‘tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining yakuniy bosqichi nafaqat musobaqa, balki yosh iste’dodlar uchun katta sahna maktabiga aylandi. Ushbu loyiha o‘quvchilar orasida teatr san’atiga qiziqishni oshirish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va sahna madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar, xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari Bekzod Tashpulatov jamoalarning chiqishlarini yuqori baholab, yoshlarning sahnadagi ishonchi, obrazga kirish mahorati hamda jamoaviy uyg‘unligini alohida e’tirof etdi. Uning ta’kidlashicha, bunday tanlovlar kelajak aktyorlari va san’at fidoyilarini tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Tanlov davomida ishtirokchilar turli sahna asarlarini ijro etib, tomoshabinlarga chuqur mazmun va jonli hissiyot ulasha oldilar. Har bir chiqishda nafaqat aktyorlik mahorati, balki yoshlarning hayotga, jamiyatga bo‘lgan qarashlari ham aks etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — Boysun tumani 1-maktab jamoasi

2-o‘rin — Termiz tumani 1-maktab jamoasi

3-o‘rin — Uzun tumani 2-maktab jamoasiG‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. Shu bilan birga, barcha ishtirokchilarga 1,5 ming dona badiiy adabiyotlar topshirilishi ularning ijodiy rivoji uchun muhim rag‘bat bo‘ldi.

“Turon” maktab teatri tanlovi yosh avlod qalbida san’atga muhabbat uyg‘otib, ularni erkin fikrlashga, sahnada o‘zini namoyon etishga undamoqda. Eng muhimi, bu kabi tashabbuslar orqali maktab o‘quvchilari orasida yashirin iste’dodlar kashf etilib, ular uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yaponiya tajribasi ommalashtiriladi

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or sport tajribalarini joriy etish...

“Surxon” qo‘riqxonasida jayronlar paydo bo‘ldi

Biologik xilma-xillikni asrash va yo‘qolib borayotgan noyob hayvon turlarini...

Bolalar koʻrikdan oʻtkazildi

Bolalar salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy...

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Hududlarda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish aholi salomatligini...
KunTun
KunTun