Hashar — hamjihatlik kuchi

Date:

El-yurt birlashib qilgan mehnat — eng barakali va samarali bunyodkorlik asosidir. Qumqo‘rg‘on tumanida hashar yo‘li bilan boshlangan ezgu tashabbuslar bugun amaliy natijalar berib, aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

“Istiqlol” mahallasida aholi vakillari va tuman Suvoqava bo‘limi xodimlari hamkorlikda obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan olib bormoqda. Xususan, 1 kilometr 700 metr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari jadal davom etmoqda.

Mazkur loyiha natijasida 30 ta xonadon ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu esa aholiga katta qulaylik yaratib, ularning kundalik hayot sifatini sezilarli darajada oshiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun