“Vatanimga xizmat qilaman”

Date:

Surxondaryo viloyatida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, harbiy xizmat jarayonida intizom va mas’uliyatni ustuvor deb bilishlari lozimligini ta’kidlashdi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ularning har tomonlama kamol topishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, harbiy xizmatni sidqidildan ado etish har bir yigitning muqaddas burchi ekani alohida qayd etildi. Qolaversa, “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra chaqiriluvchilar harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etilib, O‘zbekiston Qurolli kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olingan bo‘lib, chaqiriluvchilarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqi, ularning sog‘lig‘i, bilim darajasi inobatga olingan. Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi esa umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali
baholandi. Demakki, ushbu bosqichlarni muvaffaqiyatli ado etgan chaqiriluvchi harbiy xizmatga yo‘naltiriladi.Kuzatuv marosimida yoshlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida munosib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
“Vatanimga xizmat qilaman” degan er-yigit borki, qalbda ishonch va g‘urur bilan xizmatga otlanishdi. Mazkur tadbir nafaqat yoshlarni harbiy xizmatga kuzatish, balki ularda vatanparvarlik, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi global tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda bunday tadbirlar yosh avlodni ma’nan barkamol, jismonan baquvvat va yurt taqdiriga daxldor shaxslar etib tarbiyalashda dolzarb ahamiyatga ega.

S.Bebetov,
Termiz harbiy prokurorining yordamchisi,
adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun