Hamkorlik yangi bosqichda

Date:

Bugungi globallashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Germaniyaning Mannheim shahrida joylashgan Leibniz-Institut fur Deutsche Sprache (IDS)da institutning
62 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada Termiz davlat pedagogika instituti vakillari ham faol ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida institutimiz delegatsiyasi va IDS rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda IDS direktori Henning Lobin hamda olimlar bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini alohida ta’kidlashdi.
Shuningdek, delegatsiya Germaniyaning Siegen shahrida faoliyat yuritayotgan IFINS – Institut fur internationale Sprachen direktori Mina Wilhelm bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, Surxondaryo yoshlari uchun Germaniyada til kurslarida tahsil olish, xalqaro imtihonlarni topshirish hamda Ausbildung dasturlari imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
Mazkur tashrif doirasidagi uchrashuvlar ikki tomonlama ilmiy va ta’limiy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Adolat Axmedova,
Termiz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi

Oldingi sahifaTajriba va tarbiya maktabi
Keyingi sahifaEkinlar malikasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun