7 033 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi

Date:

Sho‘rchi tumani, “Shaldiroq” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida xatlov ishlari izchil va tizimli ravishda olib borilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh mutaxassislari mahalla yettiligi vakillari, faollar va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda qonunchilik mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, fuqarolarga yer va mulk huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholining savollariga batafsil javoblar berilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, hududda xatlov jarayonlari malakali mutaxassislar ishtirokida bevosita amalga oshirilib, fuqarolarga xatlov tartibi, uning bosqichlari hamda zarur hujjatlar yuzasidan batafsil ko‘rsatmalar berildi. Hozirgi kunda Sho‘rchi tumanida 53 ta mahalla mavjud bo‘lib, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga ko‘ra 2026-yilda 10 ta mahallada xatlov ishlarini o‘tkazish belgilangan. Mazkur keng ko‘lamli jarayonlarga 12 nafar malakali mutaxassis jalb etilgan.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarni xatlov natijalariga ko‘ra, hozirga qadar Sho‘rchi tumanida jami 7 033 ta obyekt to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan, shundan 5 244 ta obyekt “E’tirof” axborot tizimiga kiritilgan.

“E’tirof” axborot tizimiga kiritilgan obyektlar bugungi kunda quyidagi bosqichlarda ko‘rib chiqilmoqda:

87 ta obyekt jamoatchilikka e’lon qilingan;
146 ta obyekt hozirda jamoatchilik muhokamasida;
252 ta obyekt rad etilgan;
808 ta obyekt bo‘yicha mulk huquqi qonuniy ravishda e’tirof etilgan.

Mazkur xatlov ishlari fuqarolarni mulk huquqlari bilan bog‘liq noaniqliklardan himoya qilishi, yer va inshootlarning qonuniylashtirilishini ta’minlashi va aholining huquqiy ongini oshirishi bilan ahamiyatlidir. Sho‘rchi tumanidagi keng ko‘lamli xatlov jarayoni, shubhasiz, hududda mulk munosabatlarining barqarorligini ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun