Ochiq muloqot va amaliy yechimlar

Date:

Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi, Markaziy bank, Milliy bank hamda Aloqa bank hamkorligida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan va oʻz biznesini boshlashni rejalashtirayotgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularni biznes faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda qoʻllab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar haqida tushunchalar berish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarga amaliy yechim topishdan iborat boʻldi.

Mazkur tadbirda jami 350 nafar yosh qamrab olindi. Tadbir davomida yoshlarni qiynab kelayotgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va uni kengaytirishga oid muammolar masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilib, ularga yechimlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun