Muzrabotda piyoz pishdi

Date:

Muzrabot tumanida respublikamizda birinchilardan bo‘lib piyoz mahsuloti pishib yetildi. “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida piyoz yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yetishtirilgan mahsulotlar bugungi kunda mahalliy bozorlar hamda eksportga yo‘naltirilmoqda.

Mahallada jami 855 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularning qariyb 95 foizida piyoz yetishtiriladi. Bu esa mazkur hududda sabzavotchilik asosiy daromad manbalaridan biriga aylanganini ko‘rsatadi.

Tajribali dehqonlardan biri Xoliqnazar Boymatov bo‘lib, u 20 sotix tomorqasiga piyoz ekib, uni parvarishlash orqali joriy mavsumda 30 tonnagacha hosil olishni rejalashtirmoqda. Dehqonning hisob-kitoblariga ko‘ra, u ushbu hosildan 100 million so‘mgacha daromad qilishni mo‘ljallagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun