Yovvoyi hayvonlar salomatligi yo‘lida

Date:

Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida o‘txo‘r hayvonlar uchun tabiiy oziq muvozanatini saqlash maqsadida keng ko‘lamli biotexnik tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir doirasida qo‘riqxonaning turli bo‘limlariga jami 18 tonnadan ortiq tuz tarqatildi.

Mazkur chora-tadbirlar, ayniqsa qish va erta bahor oylarida mineral moddalar yetishmovchiligini sezadigan yovvoyi hayvonlar uchun katta ahamiyatga ega. Tuz va boshqa mineral qo‘shimchalar ularning sog‘lom rivojlanishini ta’minlab, oziq-ovqat balansini tiklashga yordam beradi.

Qo‘riqxona hududida 7 ta bo‘lim va 10 ta aylanma mavjud bo‘lib, biotexnik tadbirlar barcha hududlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu esa tabiiy ekotizim barqarorligini saqlash va hayvonlar uchun qulay yashash muhitini yaratishda muhim omil hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun