Yangi tezlik sari yo‘l

Date:

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi tomonidan Surxondaryo viloyatida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan 200 million AQSH dollarlik loyiha ma’qullandi.

Loyiha doirasida M41 avtomobil yo‘lining 91 kilometrlik qismi rekonstruksiya qilinib, mavjud 2 qatorli yo‘l 4 qatorliga aylantiriladi. Natijada o‘rtacha harakat tezligi 65 km/soatdan 90 km/soatgacha oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, loyiha yo‘l qoplamasini yaxshilash, 180 ga yaqin ko‘prik va drenaj inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishni, yo‘l harakati xavfsizligini oshirishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, multimodal transport strategiyasini ishlab chiqish hamda O‘zbekiston temir yo‘llari tizimida boshqaruv va samaradorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Mazkur loyiha transport aloqalarini mustahkamlash, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun