Yangi loyiha jadallashmoqda

Date:

Sariosiyo tumanida xorijiy qo‘shma korxona asosida tashkil etilayotgan sharbat ishlab chiqarish loyihasini qisqa muddatda ishga tushirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Tuman hokimi Odiljon Yaqubov Bo‘yrapusht mahallasida “Barff” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihani ko‘zdan kechirar ekan, ishlarni jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ushbu loyiha nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratishi, balki tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun