Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Date:

Sariosiyo tumani delegatsiyasining Tojikistonga tashrifi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tuman hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya Tursunzoda shahrida o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari bayram tadbirlarida qatnashish bilan birga, hududning diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilib, amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi. Bu esa ikki hudud o‘rtasida tajriba almashish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim omil bo‘ldi.

Bayram doirasida so‘zga chiqqan Odiljon Yaqubov Navro‘z munosabati bilan samimiy tabrik yo‘llab, O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik va umumiy qadriyatlar bundan buyon ham do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Mazkur tashrif Navro‘zning nafaqat bayram, balki xalqlarni birlashtiruvchi, o‘zaro ishonch va hamjihatlikni kuchaytiruvchi muhim ko‘prik ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun