Mavsumga start berildi

Date:

Angor tumanida qishloq xo‘jaligi uchun muhim bosqich — chigit ekish mavsumiga rasman start berildi. Tuman hokimi Qosim Mardonov, fermerlar va soha mutaxassislari ishtirokida “Shinjon” texnologiyasi asosida ekish ishlari boshlandi.

Mavsumning boshlanishi milliy qadriyatlar ruhida o‘tkazilib, ezgu niyatlar bilan jonliq so‘yildi hamda Qur’on tilovat qilindi. Bu esa dehqonchilik an’analariga sodiqlik, yerga hurmat va barakaga bo‘lgan ishonch ifodasidir.

Tadbir davomida ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, ekinlarni o‘z vaqtida va sifatli parvarishlash, yuqori hosildorlikka erishish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilarga ekish ishlarini belgilangan muddatlarda, zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

“Shinjon” texnologiyasining qo‘llanilishi suv va resurslardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda mehnat unumdorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat fermerlar daromadini ko‘paytiradi, balki tumanning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun