Munosiblar e’tirof etildi

Date:

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi yakuniga yetib, g‘oliblar aniqlandi.

Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tanlov g‘oliblarini samimiy tabrikladi. Ta’kidlanganidek, tanlovning bosh sovrini — avtomobil Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari doirasida tantanali ravishda topshiriladi.

Mazkur tanlov bugungi kunda ayniqsa dolzarb bo‘lib, davlat xizmatchilarining bilim saviyasi, dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, kitobxonlik madaniyati yuksak bo‘lgan jamiyatda taraqqiyot, yangilanish va samarali boshqaruv uchun mustahkam zamin yaratiladi.

Tadbir davomida yana bir qator muhim tashabbuslar amalga oshirildi. Jumladan, eng yaxshi 30 nafar startapchi yoshlar zamonaviy noutbuklar bilan taqdirlanib, ularning innovatsion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlandi. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti respublika bosqichida faol ishtirok etgan 27 nafar qizlarning onalariga tashakkurnomalar topshirilib, jamiyatda ayollar faolligini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanidan tashrif buyurgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘qitish masalalari yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Uchrashuvda Qumqo‘rg‘on tumanidagi xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga ixtisoslashgan o‘quv markazi faoliyati ham taqdim etilib, bu boradagi ilg‘or tajribalar e’tirof etildi. Mutaxassislar tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va erishilayotgan natijalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Muloqot yakunida hududiy studiyalar orqali yoshlar bilan onlayn suhbat tashkil etilib, “Ko‘mak” loyihasi doirasida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sertifikatga ega yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bu kabi tashabbuslar Surxondaryoda nafaqat kitobxonlikni rivojlantirish, balki bilimli, tashabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun