Ko‘magi ma’naviy dalda bo‘ldi

Date:

Ramazon – mehr-muruvvat, saxovat va ahillik oyi. Ana shu ezgu qadriyatlar amaliy ifodasini yana bir bor topdi. Turkiya din ishlari idorasi huzuridagi Diyanet Vakfı tomonidan Surxondaryo viloyatida 900 ta kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat xayriya yordami yetkazib berildi.

Mazkur xayriya tadbiri O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Vaqf jamoat fondi muvofiqlashtiruvida tashkil etildi. Yordam paketlari hududlardagi ehtiyojmand oilalarga manzilli tarzda topshirildi.

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Mahmut Turk ta’kidlaganidek, Ramazon oyining O‘zbekiston zaminida yuksak ruhda o‘tayotgani, oilaviy iftorliklar va Qur’on xatmlari keng yoyilgani qardosh xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlikni yanada mustahkamlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xayrli amallar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xayriya aksiyasining ahamiyati nafaqat moddiy yordam ko‘rsatishda, balki insonparvarlik, hamjihatlik va birodarlik tamoyillarini amalda namoyon etishidadir. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun Ramazon oyida ko‘rsatilgan e’tibor ularga ma’naviy dalda va ishonch bag‘ishlaydi.

Ta’kidlanishicha, “Vaqf” va “Diyonat” fondlari o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida respublikaning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi. Bu esa xalqaro xayriya tashabbuslari orqali insoniylik va mehr-oqibat qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sariosiyoda Mustaqillik bayrami tantanalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sariosiyo...

Telefon raqami orqali pul yuborish mumkin

Bugungi kunda bank xizmatlarining soddalashib, kundalik hayotga yanada qulay...

107 YOSHLI MENGLIHOL MOMOGA YUKSAK E’TIROF

Boysun tumanida istiqomat qiluvchi 107 yoshli Jo‘rayeva Menglihol onaxonga...

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...
KunTun
KunTun