“Sho‘rchi Maftuna Dizayn”da taqdimot o‘tkazildi

Date:

Maktabga o‘qish, ta’lim-tarbiya olish uchun boramiz. Ko‘zlangan maqsad va vazifamizdan chalg‘imasligimiz shart. Zero, egnimizdagi kiymimiz, so‘zlagan so‘zimiz-u amallarimiz o‘z vazifamizdan adashtirmasin. Kiyinish madaniyati ham aslida tartib-intizomning shakllanishiga turtki bo‘ladi. Kimdir imkoniyat darajasida kiyinsa, boshqa oilaning bunga qurbi yetmasligi mumkin. Toifalanish, o‘z-o‘zidan uyalish hissi esa yosh psixologiyasiga ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababdan ham yangi — 2022/23-o‘quv yilidan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bir xil forma joriy etiladi.

Maktab formasi qulay bo‘lishi va salomatlikni muhofaza qilishi lozim. Ayni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Surxondaryo viloyatida bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib, xususan “Sho‘rchi Maftuna Dizayn” korxonasida o‘quvchilarning zamonaviy yagona maktab formasi tayyorlanmoqda. Tumandagi barcha umumta’lim maktablarining 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari uchun qulay, o‘ziga xos va zamonaviy ko‘rinishdagi forma andozalari tikib tayyorlanib, mazkur korxonada ularning taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu formalar ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘z ishining ustalari tomonidan sifatli tikilgan. Qolaversa, narxi ham hamyonbop bo‘lib, ota-onalarni-da qimmatga tushirmasligi bilan ahamiyatli deyish mumkin.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun