“Gilambob”da yangi bog‘cha ish boshladi

Date:

Bugungi kunda yosh avlodga e’tibor har doimgidan-da kuchli. Ularning munosib tarbiya topishi, bilim olishi, imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanib, iqtidor va iste’dodlarini namoyish etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Birinchi navbatda bolajonlarning maktabgacha bo‘lgan davrida bog‘chaga borishlarini ta’minlash eng asosiy vazifa sanaladi. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatning chekka-chekka hududlarigacha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qurilib, foydalanishga topshirilayotgani haqidagi xabarlar fikrlarimizni dalillaydi.

Demak, maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar vaqtini bekor o‘tkazmayapti. Foydali mashg‘ulotlar bilan mashg‘ul. Ko‘ngildagidek ta’lim va tarbiya olishayotir. Qiziriq tumanidagi “Gilambob” mahallasida ham yana bir maktabgacha ta’lim tashkilotining qurib foydalanishga topshirilgani quvonchi hodisa bo‘ldi. Ilk bor bog‘chaga qadam qo‘ygan o‘g‘il-qizlar yuz-ko‘zidagi xursandchilikdan ko‘rish mumkinki, ular ham ota-onalaridan kam quvonishmayapti.

Muassasada yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar, tajribali mutaxassislarning jalb etilgani bolajonlarni munosib tarbiyalanishiga zamin hozirlaydi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun