“Kamalak yulduzlari” – yosh iqtidorlarni kashf etdi

Date:

Iqtidorning kashf etilishi yer bag‘ridan otilib chiqqan buloqqa o‘xshaydi. U yuz ochdimi, ko‘ngillarga xushnudlik ulashadi. Hayrat va havas tuyg‘usini uyg‘otadi. Yosh iqtidor sohibi Behruz Jumayev ham davraga chiqiboq, o‘z san’ati-yu mahoratini ko‘rsata oldi. Bo‘lmasa, “manaman” degan mashhur san’atkorlar maqom kuylashga xadiksirab, o‘ylanib qolganda u ovozini baralla qo‘yib maqom kuylarmidi. Bu xonish, ovoz kuchi esa tomoshabinlarni titratib yuborgani aniq. Aks holda yurakdan chalingan olqishlar bu chiqishning bahosini belgilab bergandek bo‘lmasdi.

Tursunoyning xirom aylashi esa o‘ziga xos va takrorlanmas. Musiqa ohangi tinmasa-yu, ajoyib raqs tugallanmasa… san’atsevar tomoshabinlar ko‘nglidan xuddi shunday o‘ylar o‘tgani tayin.
Bu chiqishlar “Kamalak yulduzlari” respublika ijodiyoti festivalining Sho‘rchi tuman bosqichida bo‘ldi. Ha, tanlovda ajoyib iqtidor sohiblari jam bo‘lgan ekanki, har bir ishtirokchi mumtoz, vokal, xalq cholg‘ulari, raqs, tasviriy va amaliy san’at, nazm hamda nasr yo‘nalishlarida o‘ziga xos ekanliklarini ko‘rsata olishdi. Hakamlar-u tomoshabinlar qalbidan joy olib, e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Yoshlarning iqtidor va imkoniyatlarini kashf etadigan bunday tanlov va festivallar ularga o‘zlarini namoyish etishlari uchun bir minbar vazifasini o‘tayapti. San’atni sevgan yoshdan esa yomonlik chiqmaydi. Ular bo‘sh vaqtidan o‘rinli foydalanishgani uchun ham o‘z yo‘nalishlarida muvaffaqiyatlarga erishishayotir. Qalblarida Vatanga muhabbat, atrofdagilarga mehr va e’tibor, g‘amxo‘rlik tuyg‘ulari mavj urayotgan nigohlardan payqash mumkinki, ertangi kunimiz nurli va buyuk bo‘lishiga shubha yo‘q. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tkazilgan tanlov iqtidorlarni kashf etibgina qolmay, mahorat va tajriba orttirishga eng yaxshi sabab bo‘ldi. Qolaversa, tomoshabinlar uchun ham olam-olam taassurotlarga boy bo‘ldi.
Albatta, yakuniy natijalarga ko‘ra o‘z yo‘nalishlarining g‘oliblari viloyat bosqichida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun