“Хalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida muttasil ishlar olib borilayotir”

Date:

Boysun tumani hokimligi binosida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati X.Xo‘jamqulov, tuman hokimi, sektor rahbarlari, tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan ko‘zlangan maqsad, aholi tomonidan bildirilayotgan takliflarning Konstitutsiyaviy komissiyada ko‘rib chiqilishi, qabul qilinishi bo‘yicha olib borilgan ishlar, amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida tushunchalar berildi.

Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish, yurtimizda tinch, erkin va obod hayot barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida muttasil ishlar olib borilayotir. Jamiyatda, har qaysi oila va fuqaro hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan talab va qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi deyish mumkin. Shunday ekan, amalga oshirilayotgan har bir islohotlardan, o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lishimiz, daxldorlik hissi bilan yashamog‘imiz lozim.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun