Yunon-Baqtriya tarixi muzeyi tashkil etiladi

Date:

Muzeylar butun boshli tarixni o‘zida mujassam etib turuvchi betakror maskandir. Qadim tarixga ega vohamizda ikki muzey qad rostlab, muxlislarni o‘z bag‘rida saqlab kelayotgan ajib durdonayu noyob yodgorliklar, arxeologik topilmalari bilan maftun etib kelayotgani barchamizga ayon. Quvonarlisi, endilikda yana bir yangi muzey tashkil etilishi, viloyatimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, sayyohlarni jalb etishda o‘ziga xos maskan bo‘lishi kutilmoqda.

Yunon-Baqtriya tarixi muzeyini tashkil etish borasida allaqachon qizg‘in ishlar boshlab yuborilgani fikrimizga dalil.

Viloyat Turizm va madaniy meros boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi va tuman kadastr boʻlimlari xodimlaridan iborat ishchi guruh Yunon-Baqtriya tarixi muzeyini tashkil etish boʻyicha dastlabki ishlarni boshlashdi.

Dastlab muzey uchun ajratilgan joylarning koordinatlari aniqlanib, hudud xaritasiga kiritildi. 21×14 metr maydonda muzey loyihasini tuzish boʻyicha kelishib olindi.

Shu bilan birga, Madaniy meros agentligi tomonidan yodgorlikning muhofaza hududini belgilash, obyektni pasportlashtirish, restavratsiya va konservatsiya qilish boʻyicha ham loyihalar tayyorlanmoqda.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun