Ta’lim sifatiga yangi qadam

Date:

Haftaning shanba kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Rivojlanish va xalqaro tajriba kuni” deb e’lon qilindi. Bu kunda xalqaro tajriba, akkreditatsiya standartlari va ta’lim sifatiga oid amaliyot seminarlari muntazam o‘tkazib boriladi.

Shu munosabat bilan professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi. Unda o‘quv jarayoni, aniqlangan kamchiliklar, sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yil rejalari, fan dasturlarini takomillashtirish hamda samarali o‘quv dasturlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda ta’lim sifatini oshirish, talabalar bilim darajasi va ustoz-shogird tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda ishtirokchilarning savollari ham keng qamrovli ko‘rib chiqildi va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir universitetning xalqaro tajriba va ta’lim sifatini rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiluvchi samarali va mazmunli uchrashuv bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun