Nazariy bilimdan amaliy ko‘nikmaga

Date:

Bugungi kunda tibbiyot sohasida yetuk va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, stomatologiya kabi bevosita amaliy malaka talab etiladigan yo‘nalishlarda talabalarning real ish jarayonida tajriba orttirishi kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti stomatologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan 3- va 4-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyotga chiqish oldidan maxsus tadbir tashkil etildi. Unda fakultet dekani B. Babamuratov talabalarga amaliyot jarayonining mazmuni, uning kasbiy shakllanishdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida amaliyot o‘tash jarayonida rioya etilishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar, mehnat intizomi hamda xavfsizlik choralari alohida ta’kidlandi. Qayd etilishicha, amaliyot jarayonida har bir talaba o‘zining nazariy bilimlarini bevosita amaliy faoliyat orqali mustahkamlash, kasbiy mas’uliyat va shifokor etikasi tamoyillarini chuqur anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, amaliyot samaradorligini oshirish maqsadida har bir guruhga tajribali amaliyot rahbarlari biriktirilgani, ular talabalarga amaliy ko‘nikmalarni egallash, bemorlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirishda yaqindan ko‘maklashishi qayd etildi. Malakaviy amaliyot stomatologiya talabalari uchun nazariy bilimlarni real tibbiy amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, mustaqil fikrlaydigan va mas’uliyatli mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim bosqich hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun