Qurilish boshlandi

Date:

Bugungi kunda aholini zamonaviy, qulay va xavfsiz uy-joylar bilan ta’minlash, shuningdek, hududlarning shaharsozlik qiyofasini tubdan yaxshilash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda Oltinsoy tumanida ham yangi turar joy massivlarini barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Mazkur qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov qurilish maydoniga tashrif buyurdi. O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etilishi, shuningdek, loyiha doirasida aholiga yaratiladigan qulay shart-sharoitlar atroflicha muhokama qilindi. Mutasaddilar tomonidan tadbirkorga qurilish ishlarini amaldagi me’yor va talablar asosida, sifat va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda olib borish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Kelgusida ushbu turar joylar foydalanishga topshirilishi bilan Oltinsoy tumanining me’moriy qiyofasi yanada chiroy ochib, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

My.gov.uz:  navbatdagi  qulaylik

Endilikda fuqarolar  pensiya to`lovlarini  bank kartasidan  naqd pul shakliga ...

Samarali hamkorlik

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa,...

Qizlar to‘p suradi

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil...

Temuriylar davri aks etadi

Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonning 5 ming yildan ortiq tarixi...
KunTun
KunTun