Onlayn roʻyxatdan oʻtib…

Date:

Statistika agentligi tomonidan aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri doirasida onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar oʻrtasida navbatdagi tasodifiy tanlov (random) oʻtkazildi. Unda Surxondaryo viloyatidan bir qator fuqarolar omadli gʻoliblar safidan joy oldi.

Soʻrovnomani toʻgʻri va toʻliq toʻldirgan quyidagi fuqarolar planshet qurilmalari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi:

Boysun tumani, “Chilonzor” MFYda yashovchi Boboqqulov Nurmuhammad Shuxratovich,

Muzrabot tumani “Nurli hayot” MFYda yashovchi Norqobilov Ziyodulla Xolturaevich,

Qiziriq tumani, “Xomkon” MFYda yashovchi Aliqulov Abdurahmon Xudoyqul o‘g‘li.

Surxondaryo viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Choriyev hamda tuman hokimliklari vakillari g‘oliblarning xonadonlariga tashrif buyurib, sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdilar.

Mazkur tadbir fuqarolarning onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayonidagi faolligini oshirish, raqamli xizmatlardan foydalanish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun